Saytimizdan nafaqat elektron, balki qog'ozli kitoblarga ham buyurtma berishingiz mumkin. Buyurtmangiz O'zbekiston pochtasi orqali manzilingizga yetkaziladi. Murojat uchun telefon: +99893 424-66-07

Kitoblarni arzon narxlarda sotib oling

A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O` G` Sh Ch | A Б В Г Д Е Ё Ж З И Й К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ш Щ Э Ю Я 0-9

Anor ertagi

Like bosing

Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni u ovga chiqibdi. Yo‘lda chanqab, tashnaligini qondirish uchun bir bog‘ga qarab yuribdi. Eshik oldiga kelib otdan tushmasdanoq:
– Kim bor?– deb baqiribdi.
Ichkaridan bir chol chiqibdi. Shohona libosdagi odamni ko‘rib salom beribdi.

Ammo podsho uning salomiga alik olmasdan:
– Chanqov bosdiga biror narsa topiladimi? – deb so‘rabdi.
– Bor, taqsir, – debdi chol va ikki dona anor olib chiqib beribdi.
Podsho anorni yebdi. Uning shirinligiga qoyil qolibdi. «Shu yurtning podshosi bo‘la turib, bog‘imda bunchalik shirin anor bitmasa-yu, bir gadoning bog‘ida bitsa. Men hoziroq shu anorni qo‘porib bog‘imga olib borib eksam bo‘lmasmikin. Kim menga mone‘lik qila oladi», deb o‘ylabdi. Hali tashnaligi qonmagan podsho yana anor so‘rabdi. Chol yana ikki dona anor olib chiqib beribdi. Podsho yeb ko‘rsa, og‘izga olib bo‘lmaydigan darajada taxir, achchiq emish.
– Nega boyagi anordan olib chiqmading? – debdi podsho darg‘azablik bilan .
– Bu ham hozirgina yegan anoringgizdan, taqsir, – debdi chol.
– Nega bo‘lmasa boyagisi shirin, bunisi achchiq?
– Bilmadim, taqsir. Hovlimda atigi bir tup anor bor…
– Bilasan, ayt darrov, – deb tiqilinch qilibdi podsho.
–Mayli, aytsam, ayta qolay, – debdi chol. – Ayb menda emas, podshohimizda.
– Nega? – ajablanib so‘rabdi podsho.
– Agar podshoning niyati buzilsa, har qanaqa shirin narsa ham fuqorosiga zahar bo‘lib tuyuladi, – debdi chol.
Podsho cholning donoligiga tasanno aytibdi. Niyatidan voz kechib, o‘z yo‘lida davom etibdi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Интернет магазин книг Узбекистане|– ARZONA.UZ
Книжный интернет-магазин в г.Карши "ARZONA" предлагает книжные новинки по очень низким ценам. Вы можете выбрать и заказать онлайн любые книги для детей и взрослых: бестселлеры, художественную и специальную литературу, справочники для профессионалов, учебники и тетради, подарочные издания. У нас действительно очень низкие цены. Оплата картой. Доставка по Ўзбекистан.Сайт arzona.uz приглашает авторов, издателей и партнеров книжных магазинов работать вместе. Авторские права на книги и медиапродукцию, опубликованные на нашем сайте, будут защищены от нарушения авторских прав.


Китобсевар китобхонлар сиз истаган, сиз излаган китоблар бизнинг сайтимизда.

Тулов турлари