Musofirnoma

«Zamin nashr» tomonidan yosh yozuvchi Temurmalik Ostanaqulovning Amerika xotiralari asosida yozilgan «Musofirnoma» romani nashr qilinib, sotuvga chiqarildi.

Roman voqealari Amerikaga ketish orzusi bilan yashagan va oxir-oqibatda o‘z orzusiga erishgan Bobur ismli yigitning okeanorti davlatida ko‘rgan-kechirgan voqealari asosida yozilgan. 

Muallif AQShdagi hayotga o‘zgacha nazar bilan qaraydi. Jumladan, mamlakatdagi chinakam hayot «Hollywood» kinolaridan ko‘ra ancha farqli ekanligi, ijtimoiy muammolar, ishsizlik, yaxshi hayot ta’sirida vujudga kelgan turli zararli oqimlar uning e’tiborini tortadi.

Asar o‘z orzusiga erishish ortidan musofirlikning qattiq «noni»ni yeb ko‘rgan Boburning kutilmagan xulosalari va shu xulosalar asosidagi keyingi faoliyati bilan davom etadi.

Asarga muharrir Elmurod Egamqulov tomonidan so‘zboshi yozilgan.
«Bu kitob yoshlarimizga qiziq bo‘ladi, chunki roman ularning tilida yozilgan. Qolaversa, hozir qayerga qaramang, til kurslari va chet yurtlarga talabalarni yuborish agentliklari to‘lib-toshib yotibdi. Balki «Musofirnoma» ni o‘qigan yoshlar qaysidir ma’noda musofirchilikdagi qiyinchiliklarga tayyorlanib olishar.

 Temur Malikka yozuvchilik sari tashlangan ilk qadamlarida omad tilaymiz. «Musofirnoma» uning ilk kamtarona mehnati bo‘lsa-da, uni o‘zbek adabiyotiga yangi nafas olib kirishiga ishonib qolamiz», deydi u.

«Musofirnoma» — yoshlarbop va zamonaviy roman!