Saytimizdan nafaqat elektron, balki qog'ozli kitoblarga ham buyurtma berishingiz mumkin. Buyurtmangiz O'zbekiston pochtasi orqali manzilingizga yetkaziladi. Murojat uchun telefon: +99893 424-66-07

Kitoblarni arzon narxlarda sotib oling

A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O` G` Sh Ch | A Б В Г Д Е Ё Ж З И Й К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ш Щ Э Ю Я 0-9

No’xatpolvon

Like bosing

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir chol-kampir yashagan ekan. Ularning ikki o’g’il, bir qizlari bor ekan. Qizlari tengsiz go’zal ekan. Bir kuni o’g’illari o’rmonga yangi yer ochishga bormoqchi bo’libdilar.
Ular bir necha kunga yetadigan oziq-ovqatlarini olishibdi, agar ovqatimiz tugab qolsa, kim bizga ovqat olib boradi, debdilar.
Chol bilan kampir haddan tashqari qari ekanlar. Ovqatni qizlaridan boshqa kim ham olib borardi. Ular, qizimiz olib boradi, debdilar. Akalari o’rmonga ketishda daraxtlarga belgi qo’yib ketiptilar. Lekin o’rmonda dev yashar ekan. U ham bu narsani sezib qolib, o’zining qasri tomonga yo`l qilib, belgi qo’yibdi. Oradan bir necha kun o’tgach, qiz akalariga ovqat olib bormoqchi bo`libdi. U devning qasriga borib qolipti. U adashganini bilib, orqasiga qaytmoqchi bo’lgan ekan, dev yo’l bermapti.Shunday qilib, qiz devning qasrida qolibdi.
Akalari kutib-kutib, singillari kelmagach, jahllari chiqib, uyga qaytibdilar va singillari allaqachon ovqat olib ketganini bilibdilar. Katta akasi:
-Singlimiz adashib devning qasriga borib qolgan bo’lsa kerak. Men uni qutqargani boraman. Agar uch kun ichida qaytib kelmasam, meni kutmanglar,-depti va devning qasriga ketibdi. U devning oldiga boribdi.
Dev ovga ketgan ekan. Singlisi akasini ko’rib, yig’lab yuboribdi va bo’lgan voqeani aytib beribdi. Akasi devni kutibdi. Singlisi esa:
-Akajon. keting, dev sizni o’ldiradi,-depti yig`lab. Lekin akasi ketishga rozi bo’lmabdi. Dev bilan olishaman, depti. Nihoyat dev kelipti. Shunda qiz devning oldiga borib: — Agar mening akam kelsa, nima qilarding?- deb so’rapti.
-Agar mehmon bo’lib kelgan bo’lsa, mehmon qilardim,-depti dev.
Qiz akasini ko’rsatibdi. Dev uni rosa yaxshilab mehmon qilibdi.
Nihoyat, yur, senga boyliklarimni ko’rsatay, debdi va yigitni yetaklab boyliklarini ko’rsatipti. Devning hamma boyliklarini ko’rib bo’igach. bir tubsiz quduqning oldiga kelibdilar. Shunda dev yigitga:
-Agar shu quduqni boltasiz, olovsiz, qo`l kuchi bilan buzib bersang, omon qolasan, bo`lmasa o’ldiraman,- depti. Yigit:
— Buzib bera olmayman,- debdi. Dev yigitning kallasini olib, darvozaga osib qo’yipti. Qiz yig’lab- yig’lab qolaveripti, qo’lidan nima ham kelardi uning. Uch kun kutib, akasi kelmagach. kichik o’g’il yo’lga otlanibdi.U ham devning oldiga kelibdi, dev uni ham mehmon qilibdi va quduqni buzishni so’rapti. Buza olmagach, uni ham akasidek o’ldirib, darvozaga osib qo’yipti. Chol bilan kampir o’g’illarini kuta-kuta bukchayib qoliptilar. Qiz esa kunlarini yig’i bilan o’tkazar ekan. Shundav qilib, oradan ko’p vaqtlar o’tib ketipti. Qiz devning qasrida qolib ketipti. Bu voqea ham unutila boshlapti.
Bir kuni chol enkayib, munkillab kelayotsa, bir no’xat yo’lda dumalab ketayotgan emish.
Chol no’xatni tutib. Cho’ntagiga solib qo’yibdi. Uyga kelgach, no’xatni cho’ntagidan olsa, no’xat emas, kichkinagina bolacha turgan emish.
Chol voqeani kampiriga aytipti. Chol-kampir xursand bo’lib, bolaga No’xatpolvon deb ism qo’yishibdi va uni parvarish qila boshlaptilar. No’xatpolvon kundan-kunga to’lishib, pahlavon yigit bo’lib yetishipti. Bir kuni u cholga:
-Ota, menga cho’yandan qilingan bir gurzi keltiring,-debdi. Chol temirchining oldiga borib, bir gurzi qildiribdi va inqillab-sinqillab arang uyga olib kelipti. Yigit gurzini aylantirib turib osmonga otib yuboribdi.
Gurzi uch kundan keyin qaytib tushibdi va yerga tushgach, chilparchin bo’lib ketibdi.No’xatpolvon otasiga:
— Ota, nega gurzini cho’yandan yasatmadingiz? — debdi.
Chol temirchining oldiga qaytib borib, cho’yandan gurzi yasatibdi va aravaga solib olib kelibdi. No’xatpolvon gurzini aravadan olib, yana aylantirib otib yuboribdi. Gurzi yana uch kundan keyin yerga tushipti va bu gal sinmabdi. No’xatpolvon chol bilan kampirga:
— Men opamni devning qo’lidan qutqargani boraman,- debdi va xayrlashib, yo’lga tushipti. U yurib-yurib, devning qasrini topib boribdi.
Borsa, qiz ip yigirib o’tirgan ekan. No’xatpolvon unga o’zini tanishtiripti. Bir qancha vaqt o’tgach, dev kelipti. U no’xatpolvonni mehmon qilib, boyliklarini ko’rsatgach, quduqning oldiga olib boripti va:
— Shu quduqni boltasiz, olovsiz buzsang, ketasan, bo’lmasa, o’lasan,-depti. No’xatpolvon quduqni-gurzi bilan bir urib chilparchin qilipti va shunday tezkorlik bilan devning ham kallasini uzib tashlapti. Birpasda devning o’ligini quzg’unlar o’rab olishipti. No’xatpolvon bir quzg’unning bolasini tutib olibdi. Onasi: «Bolamni qo’yib yubor»,- deb zorlana boshlapti.
— Borib o’lik va tirik suv olib kelsang bolangni qo’yib yuboraman,-depti No’xatpolvon. Quzg’unning onasi o’lik va tirik suv olib kelipti. No’xatpolvon uning bolasini qaytib beribdi va akalarining jasadlari osilib turgan darvozaga borib, ularning tanalari bilan kallalarini olib kelipti-da, avval o’lik suvdan keyin tirik suvdan quyibdi. Akalari aksa urib, o’rinlaridan turishipti.
No’xatpolvon ikki akasi va opasini olib chol- kampirning oldiga boribdi. Chol bilan kampir juda suyunib ketishipti va uch kecha-yu uch kunduz to’y-tomosha qilib, murod-maqsadlariga yetibdilar.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Интернет магазин книг Узбекистане|– ARZONA.UZ
Книжный интернет-магазин в г.Карши "ARZONA" предлагает книжные новинки по очень низким ценам. Вы можете выбрать и заказать онлайн любые книги для детей и взрослых: бестселлеры, художественную и специальную литературу, справочники для профессионалов, учебники и тетради, подарочные издания. У нас действительно очень низкие цены. Оплата картой. Доставка по Ўзбекистан.Сайт arzona.uz приглашает авторов, издателей и партнеров книжных магазинов работать вместе. Авторские права на книги и медиапродукцию, опубликованные на нашем сайте, будут защищены от нарушения авторских прав.


Китобсевар китобхонлар сиз истаган, сиз излаган китоблар бизнинг сайтимизда.

Тулов турлари