Kitoblarni arzon narxlarda sotib oling

A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O` G` Sh Ch | A Б В Г Д Е Ё Ж З И Й К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ш Щ Э Ю Я 0-9

Saylanma (bolalar uchun asarlar)

Like bosing

Muallif: A’zam Miraziz

Nashr yili: 2012

Janr/bo‘lim: Bolalar adabiyoti, She`rlar, nazm, Badiiy adabiyot

Nashriyot: Cho’lpon

Tili: O’zbek (lot)

KECHMISH VA KECHIRMISHLARIMDAN

Men 1936 yil 29-martda, dehqonchasiga aytganda, qo‘y burji, sichqon yili tug‘ulganman. Tug‘ilgan joyim Toshkent, Sag‘bon bilan Chig‘atoyning Hurriyat deb ataluvchi bog‘lama ko‘chasi, Baland Ko‘prik yoki Aylambo‘yi degan joyida. Keyin aniqlashimcha, otam Mirg‘ani A’zamo‘g‘li 1941-yili Qaffol al Shoshiy maqbarasi yonidagi 23-o‘rta maktabning ilmiy bo‘lim mudiri, ayni chog‘da tarix o‘qituvchisi, onam Xatira Muhammadkarim qizi bolalar bog‘chasida murabbiya bo‘lgan ekan. Men tug‘ilganimda otam 24 yoshda, onam 19 yoshda ekanlar.

Otamning eskicha savodi bo‘lganiga shubham yo‘q, chunki uning onasi Kimyo buvim, aytishlaricha, 30 yil Buxoro madrasalarida o‘qib kelgan kattagina olim — Mulla Ahmad Eshonning qizi edi. Yoshligida otamga faqat arab alifbosini emas, arab tili va grammatikasini va ko‘p eski kitoblarni o‘qishni ham o‘rgatishgan, albatta. Uyda saqlanib qolgan kitoblar shundan dalolat beradi. Ammo zamon o‘zgargani uchun, otamni yangi maktabga berishgan va u o‘rta maxsus pedagogika bilim yurtinimi, texnikumnimi bitirib, yangi maktablarda o‘qituvchilik qilgan, hatto, tuman maorif bo‘limiga rahbarlik lavozimida ham ishlagan. Keyin maktabga yuborilgan.

1941- yilda urushga ketgan va 1942-yilda Kalinin jabhasida, Moskva viloyatiga yaqin bir qishloqda halok bo‘lgan. Otam halok bo‘lgandan keyin, uyimizga Toshkent Pedagogika Institutining sirtqi bo‘limi dekanidan bir xat kelgan, bu xatda 4-kurs imtihonlarini o‘z vaqtida topshirmagan taqdirda, kursdan kursga o‘tkazmay qoldirilishi aytilgan. Demak, 29 yoshida ilmiy bolim mudiri bo‘lmish otam 1941-yili urushga ketayotgan paytida tarix fakultetining sirtqi bo‘limi 4 kurs talabasi ham bo‘lgan.

Annotatsiya

Ushbu saylanmaga bolalar yozuvchisi Miraziz A’zamning butun ijodiy faoliyati davomida yosh o‘quvchilar uchun yozgan deyarli barcha muhim asarlari kiritildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Интернет магазин книг Узбекистане|– ARZONA.UZ
Книжный интернет-магазин в г.Карши "ARZONA" предлагает книжные новинки по очень низким ценам. Вы можете выбрать и заказать онлайн любые книги для детей и взрослых: бестселлеры, художественную и специальную литературу, справочники для профессионалов, учебники и тетради, подарочные издания. У нас действительно очень низкие цены. Оплата картой. Доставка по Ўзбекистан.Сайт arzona.uz приглашает авторов, издателей и партнеров книжных магазинов работать вместе. Авторские права на книги и медиапродукцию, опубликованные на нашем сайте, будут защищены от нарушения авторских прав.


Китобсевар китобхонлар сиз истаган, сиз излаган китоблар бизнинг сайтимизда.

Тулов турлари